Plagiarism Policy
Jurnal nashr etikasi bo‘yicha yuqori standartlarga amal qiladi va plagiatning barcha shakllariga qat’iy qarshi turadi. Plagiat deb boshqa mualliflarning g‘oyalari, ma’lumotlari, matnlari, jadvallari, rasmlari yoki tadqiqot natijalarini tegishli manbani ko‘rsatmasdan foydalanish, shuningdek muallifning o‘zining ilgari chop etilgan ishlarini to‘g‘ri iqtibos keltirmasdan qayta qo‘llashi (o‘z-o‘zini plagiat qilish) tushuniladi.
Plagiat turlari. Jurnal quyidagi holatlarni nomaqbul deb hisoblaydi:
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri plagiat — boshqa manbalardan matn, g‘oya yoki natijalarni so‘zma-so‘z ko‘chirib olish va havola bermaslik;
- mozaik plagiat — alohida iboralar, g‘oyalar yoki tushunchalarni manbasiz qo‘llash;
- o‘z-o‘zini plagiat qilish — avval chop etilgan ishni yoki uning muhim qismlarini tahririyatni xabardor qilmasdan qayta taqdim etish;
- ma’lumotlar va tasvirlar plagiati — jadvallar, rasmlar, grafiklar yoki eksperimental ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish.
Plagiatni aniqlash.
Jurnalga taqdim etilgan barcha qo‘lyozmalar rецензияга yuborilishidan oldin va zarurat bo‘lganda nashr jarayonining keyingi bosqichlarida ishonchli plagiatni aniqlash dasturlari yordamida tekshiriladi. Matn o‘xshashligining qabul qilinadigan darajasi fan sohasi va aniqlangan mosliklarning xususiyatini inobatga olgan holda tahririyat hay’ati tomonidan belgilanadi.
Tahririyat choralar.
- Kichik darajadagi o‘xshashliklar aniqlangan hollarda qo‘lyozma mualliflarga tuzatish va havolalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun qaytarilishi mumkin.
- Yuqori yoki nomaqbul darajadagi plagiat aniqlansa, qo‘lyozma rad etiladi.
- Agar plagiat maqola chop etilgandan so‘ng aniqlansa, jurnal COPE (Committee on Publication Ethics) tavsiyalariga muvofiq ravishda tuzatish kiritish, maqolani qaytarib olish (retraction) yoki ogohlantiruvchi bayonot e’lon qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Mualliflarning majburiyatlari. Mualliflar quyidagilarga mas’uldirlar:
- taqdim etilgan qo‘lyozmaning original bo‘lishi va avval boshqa nashrlarda chop etilmaganligi;
- barcha foydalanilgan manbalarga tegishli havolalar berilganligi;
- mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan foydalanish uchun zarur ruxsatnomalar olinganligi.
Etik talablarga rioya qilish. Jurnalga qo‘lyozma taqdim etish orqali mualliflar ushbu Plagiatga qarshi siyosatga rioya qilishlarini tasdiqlaydilar va jurnalning etik me’yorlariga amal qilish majburiyatini oladilar.